Jahon | 11:15 / 01.10.2018
31522
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov AQShga maslahat bilan chiqdi

Foto: Kommersant' /Aleksandr Miridonov

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinkening Yaqin Sharqqa energiya resurslar yetkazib berishning oldini olishda Rossiya uchun dengiz yo‘llarini to‘sib qo‘yish imkoniyati haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi. Qodirov «VKontakte»da amerikaliklarga «do‘st bo‘lib yashashni» maslahat berdi.

«Zinke AQSh «Rossiyaga iqtisodiy bosim imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda», deya ma'lum qildi. Uning aytishicha, bu variant Rossiyaning energiya resurslarini kiritmaslik, energiya resurslar bozorga kirmasligi uchun dengiz yo‘llarini to‘sib qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Aftidan, janob vazir Rossiya, uning tarixi, imkoniyatlarini yaxshi bilmaydi», - deya yozgan Qodirov.

Uning ta'kidlashicha, amerikalik siyosatchilarning bunday bayonotlari «aql-idrokli odamlarni hayratga solmay qo‘ydi». Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, AQShning maqsadi - «davlatlarni yo‘q qilish, resurslarni egallash, qo‘g‘irchoq rejimlarni hokimiyatga tepasiga olib kelish».

«Bema'ni nutqlarga vaqt sarflashning o‘rniga, buyuk Rossiyaning dengiz portlari hamda energiya tashuvchilarga ega tankerlarni bloklash bo‘yicha haqiqiy urinishga qanday munosabat bildirishi haqida o‘ylab ko‘rsa bo‘lardi», - dedi Checheniston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mi-6 Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan afsusda ekani xabar qilingandi

Mavzuga oid