Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov AQŞ içki işlar vaziri Rayan Zinkening Yaqin Şarqqa energiya resurslar yetkazib berişning oldini olişda Rossiya uçun dengiz yöllarini tösib qöyiş imkoniyati haqidagi sözlariga munosabat bildirdi. Qodirov «VKontakte»da amerikaliklarga «döst bölib yaşaşni» maslahat berdi.

«Zinke AQŞ «Rossiyaga iqtisodiy bosim imkoniyatlarini körib çiqmoqda», deya ma'lum qildi. Uning aytişiça, bu variant Rossiyaning energiya resurslarini kiritmaslik, energiya resurslar bozorga kirmasligi uçun dengiz yöllarini tösib qöyişni öz içiga oladi. Aftidan, janob vazir Rossiya, uning tarixi, imkoniyatlarini yaxşi bilmaydi», - deya yozgan Qodirov.

Uning ta'kidlaşiça, amerikalik siyosatçilarning bunday bayonotlari «aql-idrokli odamlarni hayratga solmay qöydi». Qodirovning sözlariga köra, AQŞning maqsadi - «davlatlarni yöq qiliş, resurslarni egallaş, qöğirçoq rejimlarni hokimiyatga tepasiga olib keliş».

«Bema'ni nutqlarga vaqt sarflaşning örniga, buyuk Rossiyaning dengiz portlari hamda energiya taşuvçilarga ega tankerlarni bloklaş böyiça haqiqiy urinişga qanday munosabat bildirişi haqida öylab körsa bölardi», - dedi Çeçeniston rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Mi-6 Putinga hokimiyat tepasiga kelişda yordam berganidan afsusda ekani xabar qilingandi.