Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt AQShga neft yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
Kuvayt sentabrda AQShga neft yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi. Bunday holat Kuvayt Iroq bilan harbiy ixtilof sababli neft eksportini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan 1992 yildan beri birinchi marta yuz berdi.
Bloomberg axborot agentligining fikricha, Kuvayt AQShga yetkaziladigan neftni kattaroq talab kuzatilayotgan Osiyoga yo‘naltiriladi.
“Eronga qarshi sanksiyalar boshqa ishlab chiqaruvchilarga AQShdagidan ko‘ra narxlar yuqoriroq bo‘lgan Osiyoda ko‘proq neft sotishga imkon beradi”, deb aytgan Lipow Oil Associates konsalting firmasi rahbari Endi Lipou.
Kuvayt nefti Osiyoda bir barreli uchun 80 dollarga, AQShda esa 79 dollarga sotilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Kuvaytning eksport qilinuvchi 80 foiz nefti Osiyoga yetkaziladi.
Mavzuga oid
19:37
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026