Malayziyaning 93 yoshli bosh vaziri pensiya yoshi haqida hazillashdi
Malayziyaning to‘qson uch yoshli bosh vaziri Maxatxir Muhammad Londonda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan uchrashuvida, mamlakatda pensiya yoshi 95 yoshga qadar oshirilishi haqida aytib, hazillashdi. Bu haqda The Star xabar bermoqda.
«Malayziyada pensiyaga chiqish yoshi endi 95 yil. Men o‘z pensiyamga qadar hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman», - dedi Malayziya bosh vaziri.
Xabar qilinishicha, uchrashuvda ishtirok etganlar 2018 yil may oyida saylangan bosh vazirning so‘zlarini kulgi bilan qarshi olishgan. Malayziyada pensiya yoshi - 60 yosh, u erkaklar va ayollar uchun bir xildir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bog‘chada ishlaydigan ba'zi xodimlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:10 / 21.10.2024
O‘zbekiston Malayziya bilan SI sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi
11:40 / 18.10.2024