O‘zbekiston | 07:39 / 01.10.2018
12450
2 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chada ishlaydigan ba'zi xodimlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Belgilanishicha:

a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim boshqarmalari, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

b) 2019 yil 1 yanvardan:

maktabgacha ta'lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, ularning maktabgacha ta'lim tizimi muassasalaridagi faoliyati asosiy ish joyi bo‘lgan taqdirda pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi;

maktabgacha ta'lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha ta'lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir;

nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi litsenziyasini to‘xtatish yoki bekor qilish uchun Maktabgacha ta'limni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha ta'lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta'lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotning yo‘qligi asos bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid