Jamiyat | 15:01 / 01.10.2018
11152
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti saratonga qarshi kurashgan olimlarga berildi

1 oktabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokholmda Nobel haftaligi boshlandi. Tantanali haftalikning birinchi kunida fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishidagi mukofot g‘oliblarini e'lon qilindi.

© AFP 2018 / Jonathan Nackstrand

Tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel mukofoti joriy yilda rak terapiyasi sohasida tadqiqotlar olib borgan Jyeyms Pi Ellison va Tatsuku Honjoga berilgan.

Qayd etish kerakki, 109 yil davomida odatda tibbiyot bo‘yicha mukofotni bir necha olimlardan iborat guruhlar qo‘lga kiritib kelgan.

Shvetsiyalik kimyogar, ixtirochi Alfred Nobel (1833–1896) nomli xalqaro mukofotning 2018 yilgi yilgi sovrindorlarini taqdirlash marosimi an'anaga ko‘ra 10 dekabr kuni Stokholm va Oslo shaharlarida o‘tkaziladi. 5ta asosiy mukofotdan 4tasi Shvetsiya poytaxtida, tinchlik yo‘nalishidagi mukofot esa Norvegiya poytaxtida topshiriladi.

2018 yilda har bir sovrindor uchun mukofot miqdori 9 million shved kronasini (940 ming dollarga yaqin) tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yili sirkad ritmlarga mas'ul molekulyar mexanizmlar tadqiqotlari - 24 soatlik biologik soatlari uchun Jyeffri Xoll, Maykl Rozbash va Maykl Yang tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgandi.

Mavzuga oid