Jahon | 14:06 / 01.10.2018
22149
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Indoneziyadagi zilzila va sunami asoratlari 

Mingdan ziyod kishining hayotiga zomin bo‘lgan Indoneziyadagi vayronkor sunami asoratlari videosi South China Morning Post'da taqdim etildi. 

Tsunamini keltirib chiqargan zilzila Sulavesi orolida ro‘y berdi. Telefon va uchuvchisiz qurilmadan olingan videoyozuvlarda tabiiy ofat natijasida vayron bo‘lgan va suv ostida qolgan binolar, qurbonlarni ko‘rish mumkin.

28 sentabr kuni Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila qayd etilgan. Yer silkinishidan keyin orolga ikki metrli to‘lqin yopirilgan. Zilzila natijasida minglab uylar, mehmonxonalar, shifoxonalar va savdo markazlari vayron bo‘lgan. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila va sunami natijasida halok bo‘lganlar soni 1200 dan oshgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid