Iqtisodiyot | 09:39 / 02.10.2018
34561
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat qarzi rekord darajaga yetdi 

Foto: Depositphotos

AQShning 30 sentabrda yakunlangan 2018 moliyaviy yil uchun davlat qarzi 1,2 trln dollarga oshib, 21,5 trln dollarga yetdi. Bu haqda The Washington Examiner nashri ma'lum qildi. 

AQSh qarzi bunday qiymatga tarixda ilk bor yetdi.
 
Ma'lum qilinishicha, AQShning byudjyet defitsiti 2020 yilgacha Barak Obama prezidentligi vaqtidagi kabi 1 trln dollarga yetadi. Kongressdagi konservatorlarning ta'kidlashicha, hukumat xarajatlari nazoratsiz qolmoqda va yanada kattaroq defitsitga olib kelishi mumkin.
 
Obamaning prezidentligi vaqtida (2009-2016 yillar) AQSh davlat qarzi 9 trln dollardan ko‘proqqa oshib, 20 trln dollarga yetgan. Amerikalik iqtisodchilar ushbu qiymat 2026 yilgacha 30 trln dollargacha oshishi mumkinligini aytishmoqda. 
 
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh tomonidan joriy qilinadigan bojlardan olinadigan daromadlar davlat qarzini uzish uchun yo‘naltirilishini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid