14:19 / 02.10.2018
20575

Ektor Kuper oktabr yig‘iniga chaqirgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6-17 oktabr kunlari Toshkentda navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 oktabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va 16 oktabr kuni Qatar milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ushbu ikki o‘yin ham «Milliy» stadionda bo‘lib o‘tadi.

O‘FA rasmiy sayti bosh murabbiy Ektor Kuper tomonidan mazkur yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini chop etdi.
 
Darvozabonlar
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)

Himoyachilar:
Yegor Krimets (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod A'zamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar: 
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin G‘ofurov (“Lokomotiv”)
 
Yig‘inga Rossiyaning “Krilya Sovetov” jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham chaqirilgandi. Ammo jarohati sababli Denisov yig‘inda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvardan BAAda boshlanadigan Osiyo kubogida O‘zbekiston Yaponiya, Ummon va Turkmaniston termalari bilan birga «F» guruhidan joy olgan.

Top