Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya qirg‘oqlarida yana bir zilzila ro‘y berdi
Foto: AFP
Indoneziyaning Flores oroli yaqinida 5.9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati saytida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, zilzilaning markaziy nuqtasi oroldan 250 km masofada joylashgan. Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila sunamini keltirib chiqarmagan.
Avvalroq, Indoneziyada 28 sentabr kuni sodir bo‘lgan zilzila va sunami qurbonlari soni 1,2 ming kishidan oshganligi xabar qilingandi.
28 sentabr kuni Indoneziyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deyiladi AQSh Geologiya xizmati (USGS) saytida.
Shu bilan birga, mamlakat hududida 5,8 magnitudali zilzilalar seriyasi qayd etildi. Reuters xabarlariga ko‘ra, Indoneziyaning Sulavesi oroliga yuz bergan zilzilalar natijasida balandligi 2 metrgacha bo‘lgan sunami yopirildi.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
17:17 / 11.11.2025