Jamiyat | 11:43 / 02.10.2018
96812
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘lga olingan deputat nega pora talab qilganini aytdi

Joriy yilning 22 sentabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati Olimjon To‘xtanazarov Chust shahri markazida arizachidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda, ashyoviy dalil bilan ushlangandi.

«O‘zbekiston 24» telekanalining maxsus reportajida deputat nega pora talab qilganini aytib o‘tdi.

«Bu ayolning ishonchiga kirib turib, o‘sha pulni olib, o‘zimning oilaviy ehtiyojimga ishlatmoqchi edim. Chin ko‘ngildan pushaymonman», - dedi deputat.

Mazkur holat yuzasidan O.To‘xtanazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olimjon To‘xtanazarov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati, O‘zMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bo‘lib ishlagan. Ushbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, jamiyat hayotidagi muammolar bo‘yicha, xususan, korrupsiya masalasida o‘zining fikrlarini bildirib kelardi.

Mavzuga oid