O‘zbekiston | 00:30 / 02.10.2018
8055
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistondan Toshkentga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentabr-1 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Hindistonda bo‘ldi. 

Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Hindiston Prezidenti, Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Prezident ishonch bildirganidek, oliy darajadagi muzokaralar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitib, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid