Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishchi guruhlari Qizil-Qiyada uchrashuv o‘tkazdi
2018 yilning 24-30 sentabr kunlari Qizil-Qiya shahrida (Qirg‘iziston) O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi, shuningdek o‘zaro chegaraning qolgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi.
Muzokaralar natijasida Bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv an'anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistonga suv sotishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
11:20 / 01.07.2026