Jahon | 10:43 / 03.10.2018
9732
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada yangi yer silkinishlar qayd qilindi

Foto: REUTERS

3 oktabrda Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyatida 4,8 magnitudali yer silkinish yuz berdi. Bu haqda Meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi ma'lum qilgan. 

Ma'lum qilinishicha, zilzila markazi viloyatning ma'muriy markazi Palu shahridan 20 km uzoqlikda, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Shaharda kichik yer silkinishlar sezilgan. Jabrlanganlar va talofatlar haqida ma'lumot berilmagan. 

O‘tgan haftada shu hududda 7,4 magnitudali vayronkor zilzila yuz bergandi. 2 kun davomida 170 ga yaqin takroriy yer silkinish qayd qilingan. Kuchli zilzilalar to‘lqinlari balandligi 5-7 metrga yetgan kuchli sunami keltirib chiqargan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1234 kishi halok bo‘lgan, yana 100 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Yuzlab odamlar jarohat olgan. Zilzila oqibatida 60 mingdan ko‘proq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid