Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirish kiritildi
Poytaxtdagi eng gavjum chorrahalardan biri bo‘lgan Maxtumquli, Temur Malik, Parkent ko‘chalari va Ohangaron shossesi kesishgan nuqtada 3 pog‘onali ko‘prik qurilishi ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 3 oktabr kunidan e'tiboran yo‘lovchi transporti harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi.
Jumladan, 21, 23, 30, 44, 95, 110, 119, 129, 152-avtobus yo‘nalishlari, 19m, 55m, 75m, 79m, 88m, 91m, 133m, 139m, 195m yo‘nalishli taksi hamda 383, 366, 380-shahar atrofi yo‘nalishida harakatlanuvchi jamoat transporti mazkur hududni aylanib o‘tadi.
Mamlakat tarixida ilk marta qurilayotgan 3 qavatli yangi ko‘prik yo‘ldagi tirbandlikni kamaytirib, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlaydi. Ko‘prikning Parkent ko‘chasidan Ohangaron shossesiga o‘tuvchi qismida uzunligi 500 metrdan ziyod tunnel quriladi. Ikkinchi bosqichda Qorasuv dahasidan Maxtumquli ko‘chasiga chiquvchi yo‘lning mazkur tunnel ustidan o‘tgan qismida aylanma ko‘prik bunyod etiladi. Ikkala ko‘prikning ustidan o‘tuvchi uchinchi qavat Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalarini tutashtiradi.
Shuningdek, Toshkent mexanika zavodida ishlab chiqarilgan samolyotlarni olib chiqishga mo‘ljallangan yo‘l o‘tkazgich barpo etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:33
Toshkentning 86 ta nuqtasida pulli avtoturargoh tashkil etish huquqi 120 mlrd so‘mga sotildi
15:48
Toshkent-Xanchjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024