Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil politsiyasi o‘n ikkinchi marta Netanyaxuni so‘roq qilmoqda
Foto: AFP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu poraxo‘rlik va ishonchni suiiste'mol qilish ishi bo‘yicha 12-marta so‘roq qilinmoqda. Bu haqda «Kan» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bosh vazir «Yediot-Axronot» media guruhi bilan til biriktirish va qimmatbaho sovg‘alar olish bo‘yicha ishlardagi asosiy gumonlanuvchi shaxs hisoblanadi. Politsiya prokuraturaga Netanyaxuga ayblovlar qo‘yishni tavsiya qildi.
Aniqlik kiritilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari tergov jarayoni bo‘yicha yangi ma'lumotlar taqdim etishmoqchi.
Avvalroq, Isroil politsiyasi bosh vazir Binyamin Netanyaxuning turmush o‘rtog‘ini korrupsiyada gumon qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Netanyaxu AQShga minnatdorlik bildirgandi.
Mavzuga oid
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – OAV
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
21:02 / 26.01.2026