O‘zbekiston | 16:18 / 05.10.2018
5452
4 daqiqa o‘qiladi

Maqbul keladigan ishning «transportda qatnash jihatidan qulayligi» nimani anglatadi?

Foto: KUN.UZ

Yangi qonun loyihasida ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ish haqidagi taklifning transportda qatnash jihatidan qulayligi tushunchasiga aniqlik kiritish taklif etilgan. Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida uning muhokamasida qatnashish, o‘z fikr-mulohazalari yoki takliflari bilan o‘rtoqlashish mumkin.
 
Norma’ning yozishicha, davlat ishsiz qolgan va mehnat faoliyatini tiklashga urinuvchi fuqarolarga yordam qo‘lini cho‘zadi. Xususan, mahalliy mehnat organlarida («mehnat birjasi») ro‘yxatga olinganlar uchun ishga joylashish variantlarini izlab, taklif etadilar.
 
Biroq qonunga ko‘ra bunday hollarda faqat maqbul keladigan ishni taklif etish mumkin. Ya'ni taklif kasb tayyorgarligiga mos bo‘lishi, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va tajribasini inobatga olishi, yangi ish joyi esa transportda qatnash jihatidan qulay bo‘lishi lozim. Amaliyotda so‘nggi mezon (transportda qatnash jihatidan qulaylik) yuzasidan ko‘p savollar yuzaga keladi.
 
Amaldagi tahrirdagi MKning 63-moddasi va «Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan uzoqlikni) mazkur joyda jamoat transporti tarmog‘ining rivojlanganligini hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi aniqlaydi.
 
Bunday formulirovka hokimliklar taklif etilgan har bir ishni transportda qatnash jihatidan qulaylik mezoniga muvofiqligi yuzasidan alohida baholashlari shartligini (buni amalda bajarib bo‘lmaydi) yoxud tegishli joyda alohida qaror bilan ushbu mezonga aniqlik kiritishlari shart ekanligini anglatadi. Masalan, birmuncha vaqt avval Toshkentdagi ish shahar chegarasidan 20 km radiusda yashovchi hamda har kuni vaqtida ishga kelish va ishdan keyin uyga ketish imkoniga ega bo‘lgan shaxslar uchun maqbul keladigan ish (transportda qatnash jihatidan qulayligi yuzasidan) hisoblanar edi.  
 
Uning ishga joylashayotgan shaxsning kelgan joyi bo‘yicha propiska qilinishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi masalasi bilan bog‘liqligi yanada dolzarb ahamiyatga ega. Ish beruvchilar boshi berk ko‘chaga kirib qolganlar: bir tomondan vaqtinchalik yoki doimiy propiskaga ega bo‘lmagan yoxud ro‘yxatga olinmagan shaxslarni ishga qabul qilish bo‘yicha taqiq va uni buzganlik uchun jarima amal qiladi, boshqa tomondan esa mehnat organlari ba'zan bunday shaxslarga Toshkentdagi ishga yo‘llanmalar beradilar. 
 
Ayni paytda taqiq prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son farmoni bilan bekor qilingan, biroq maqbul keladigan ishning transportda qatnash jihatidan qulayligi nimani anglatishi tushunarsizligicha qolgan.
 
Qonun loyihasini ishlab chiquvchi (Adliya vazirligi) ish joyi transportda qatnash jihatidan qulayligining quyidagi ikkita alomatini qonun hujjatlarida belgilashni taklif etmoqda:
 
a) aholi punkti chegarasi doirasida joylashganligi;
 
b) kishini doimiy yashash joyidan ish joyigacha bir transportdan boshqasiga o‘tirmay eltib qo‘yish imkonini beradigan jamoat transporti yo‘nalishining mavjudligi.
 
Loyiha ayrim boshqa o‘zgartirishlarni o‘z ichiga olgan va o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid