Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Tver oblastida YTH: 13 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Tver oblastida mikroavtobus va yo‘nalishli avtobus o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» RF Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga asosan xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, halok bo‘lganlarning barchasi mikroavtobusda bo‘lgan.
«Yangilangan ma'lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus va avtobusning to‘qnashuvi natijasida 14 kishi jarohat oldi, ulardan 13 nafari vafot etdi», - deyiladi FVV xabarida.
Yo‘l-transport hodisasi Tver - Rjyev yo‘lidagi Nekrasovo qishlog‘i yaqinida mahalliy vaqt bilan soat 07:40da sodir bo‘ldi. Bu haqda Tverigrad nashri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga asosan xabar qilgan.
Internetda Nekrasovo qishlog‘i yaqinidagi avtohalokat yuz bergan joydan olingan video paydo bo‘ldi. Video «Izvestiya» tomonidan e'lon qilindi.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, mikroavtobusning yarmi yo‘q bo‘lib ketgan. Voqea joyida qutqaruvchilar va YHXB xodimlari ishlamoqda.
Halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Mavzuga oid
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026