Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon Ichki ishlar vazirliklarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor D.Nazarmuhamedov va Ozarboyjon Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, politsiya general-leytenanti V.Eyvazov rahbarligida ikki tomon Ichki ishlar vazirliklarining Birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda axborot almashinuvining bugungi holati va kelajak istiqbollari, umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruv faoliyati sohasida tomonlarning hamkorligi, transport xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik holati va uni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini ta'minlash bo‘yicha to‘plangan tajriba yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Yig‘ilish yakunida 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Ozarboyjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik Bayonoti imzolandi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026