13:39 / 06.10.2018
12114

Azar: «Chelsi» o‘z pozitsiyasida jahonning eng yaxshi futbolchisidan ayrildi»

Foto: Getty Images

«Chelsi» hujumchisi Eden Azar klubining yoz davomida amalga oshirgan transferlari haqida fikr yuritdi. Uning so‘zlarini Sport Bible e'lon qilgan.

«Jorjino va Mateo Kovachich – yuqori klassdagi o‘yinchilar. Albatta, Kepani ham eslab o‘tish o‘rinli, u yosh va juda kuchli darvozabon. Bunday o‘yinchi jamoangga kelsa, kuchingga kuch qo‘shilishi shubhasiz.

Biz jahondagi eng yaxshi darvozabonni yo‘qotdik, ammo menimcha, «Chelsi» bu mavsum baribir o‘tgan yilgiga qaraganda kuchliroq tarkibga ega. Buni har hafta oxirida kuzatish mumkin», - deya ta'kidlagan Azar.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua APLning o‘tgan mavsumida 16 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan holda «Oltin qo‘lqop» sovrinini qo‘lga kiritgan, shundan so‘ng JCh-2018da ham yana bir xuddi shunday individual yutuqqa erishgan edi. U avgust oyi boshida «Real» bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.

Mavzuga oid
Top