Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. «Real» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi
Ispaniya chempionati 8-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Real» safarda «Alaves» bilan bellashdi va 0:1 hisobida yutqazdi. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Ammo, so‘nggi daqiqada «Alaves» gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
«Real» qatorasiga uchta o‘yindan beri raqib darvozasini ishg‘ol etolmayapti va g‘alaba qozonolmayapti.
Bu natijadan so‘ng, 14 ochkodan jamg‘argan «Real» 2-o‘rinda, «Alaves» 3-o‘rinda bormoqda.
La Liga, 8-tur
Alaves – Real Madrid 1:0
6 oktabr, «Mendisorrosa» stadioni
Gol: 1:0 – 90+5 Manu Garsiya.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ximo Navarro, Maripan (Agirregabiria, 88), Muborak (Manu Garsiya, 74), Pina, Ibai Gomes (Sobrino, 67), Brashanats, Xoni Rodriges, Kaleri.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Odriosola, Varan, Kazemiro (Asensio, 62), Modrich, Sebalos, Kroos, Beyl (Vinisius Junior, 80), Benzema (Dias, 46).
Ogohlantirish: Muborak (54).
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026