Maktabning Kuzatuv kengashi asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida xalq ta'limi vazirining «Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining Kuzatuv kengashi to‘g‘risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ko‘ra, kuzatuv kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta'lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
ta'lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
ta'lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
ta'lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta'lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;
ta'lim muassasasi o‘quvchilarining o‘qishi va ma'naviy-ma'rifiy, madaniy hamda sport bo‘yicha kamol topishlariga, ushbu yo‘nalishlardagi tadbirlarda ishtirok etishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
ta'lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish, ularga zo‘ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ishtirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
ta'lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda Kuzatuv kengashining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
ta'lim muassasalari direktorlarini Xalq ta'limi vazirligi tavsiya etgan nomzodlar orasidan tanlab olish, shuningdek ularni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflar kiritish;
ta'lim muassasasini rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta'lim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy xalq ta'limi bo‘limlari va mahalliy hokimiyat idoralariga takliflar kiritish;
ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, uning binosini ta'mirlash va hududini obodonlashtirishga amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan byudjyetdan tashqari va homiylik mablag‘larini jalb qilish va ularning maqsadli sarflanishida shaffoflikni ta'minlash;
ta'lim muassasasi rahbari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini har chorakda kamida bir marta tinglash;
ta'lim muassasasi rahbarining taqdimnomasiga asosan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar tariflari, ta'lim muassasasi xonalari, binolari va boshqa mol-mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar mehnatidan foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish;
ta'lim muassasasi pedagog xodimlarining sha'ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoyalash, ularni majburiy mehnatga jalb etilishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatish;
o‘quvchilar va ularning ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog va rahbar kadrlar haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
ta'lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish yoki zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va tahlil qilish ishlarida faol ishtirok etish, aniqlangan holatlar yuzasidan ichki ishlar organlarini xabardor qilish;
ta'lim muassasasining byudjyetdan tashqari va homiylik mablag‘larini ijodkor o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilarni (fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini) rag‘batlantirishda shaffoflikni ta'minlash;
Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Kuzatuv kengashi besh kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi va u jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Kuzatuv kengashi tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qo‘shishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar va homiylar kiritiladi.
Mavzuga oid
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
11:35 / 03.08.2024
O‘zbekiston prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
13:41 / 22.06.2024