Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida xalq ta'limi vazirining «Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining Kuzatuv kengashi to‘g‘risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ko‘ra, kuzatuv kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta'lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
        
ta'lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
        
ta'lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
        
ta'lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
        
o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
        
o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta'lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;
        
ta'lim muassasasi o‘quvchilarining o‘qishi va ma'naviy-ma'rifiy, madaniy hamda sport bo‘yicha kamol topishlariga, ushbu yo‘nalishlardagi tadbirlarda ishtirok etishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
        
ta'lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish, ularga zo‘ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ishtirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;