O‘zbekiston | 21:42 / 06.10.2018
4596
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Rossiya media-forumi bo‘lib o‘tdi

Birinchi O‘zbekiston-Rossiya media-forumi Rossiya va O‘zbekiston media sohasi vakillari o‘rtasidagi doimiy muloqotning boshlanish nuqtasi bo‘ladi, dedi Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat media sanoatining taniqli vakillari Rossiya va O‘zbekiston OAVni o‘ylantirayotgan masalalarni, ijtimoiy tarmoqlar va muqobil media bilan raqobatga qanday dosh berishni muhokama qildi.

Forum doirasida ikki mamlakat tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida jamoatchilikni xabardor qilishni kengaytirish masalasiga e'tibor qaratildi.

Forum ishida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "O‘zbekiston 24", "Yoshlar" telekanallari, O‘zA axborot agentligi, Rossiyaning Birinchi kanali, "NTV Plyus" hamda TASS va "Rossiya segodnya" axborot agentliklari ishtirok etdi.

Forum doirasida shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya axborot agentliklarining o‘zaro hamkorligi, kadrlar tayyorlash hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid