Sport | 14:50 / 07.10.2018
10813
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» Zidandan boshqa klublarning takliflarini rad etishni so‘radi

«Manchester Yunayted» rahbariyati «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanga murojaat qilib, undan boshqa klublarning takliflarini qabul qilmaslikni so‘radi. 

Mirror manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, inglizlar klubi Zidanni jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rishmoqda. 

Qayd etish kerakki, «MYu» jamoani Lui van Gaal boshqargan vaqtda Joze Mourinoga xuddi shu kabi iltimos bilan chiqqan edi. 

Xabar qilinishicha, Zidan ham «MYu» bilan ishlashga qiziqish bildirmoqda va ayni damda ingliz tilini o‘rganmoqda. 

Zidan shu yilning mayida qatorasiga uchinchi marta Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan keyin «Real» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqqandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid