Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartada Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (fotojamlanma)
6 oktabr kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.



Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining bosh stadioni Gelora Bung Karno Main Stadium'da o‘tkazilgan tadbirda barcha mamlakatlar sport delegatsiyalari stadion bo‘ylab tantanali tarzda chiqish qilishdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdori vazifasini Husniddin Norbekov bajardi.





Marosimda mezbon mamlakat - Indoneziya madaniyati, an'analari aks etgan turli sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Shuningdek, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va barchaga omad tiladi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:30 / 18.02.2026
Rossiya va Belarus paralimpiyachilari o‘z mamlakatlari bayrog‘i ostida ishtirok etadi
11:17 / 10.02.2026