Rossiya va Belarus sportçilari 2026 yilgi qişki Paralimpiya öyinlarida Milan va Kortine-d’Ampetssoda öz mamlakatlari bayroqlari ostida iştirok etişi mumkin. Bu haqda seşanba, 17 fevral kuni AFP agentligi Xalqaro paralimpiya qömitasiga tayanib xabar qildi. Ma’lum qilinişiça, Paralimpiadaga “ikki tomonlama taklifnoma” olganlar orasida olti nafar rossiyalik va tört nafar belorus sportçi bor.
Rossiya Paralimpiya qömitasi prezidenti Pavel Rojkov bildirişiça, Rossiyadan öyinlarda quyidagilar qatnaşişi mumkin: toğ çanğisi sportçilari Aleksey Bugayev va Varvara Voronçixina, çanği sportçilari Ivan Golubkov va Anastasiya Bagiyan (Sergey Sinyakin bilan), şuningdek parasnoubordçilar Dmitriy Fadeyev va Filipp Şebbo Monzer. Belarus Paralimpiya qömitasi boş kotibi Nikolay Şudeyko aytişiça, Belarusdan Italiyadagi Paralimpiadaga çanği sportçilari Valentina Birilo, Lidiya Loban, Darya Fedkoviç va Roman Sviridenko boradi.
Xalqaro paralimpiya qömitasining ikki tomonlama taklifnomalari odatiy kvotalardan farq qiladi: odatiy kvotalar saralaş musobaqalari va reytinglar natijalariga köra beriladi hamda har bir mamlakat va sport turi böyiça joylar soni qat’iy çeklanadi. Bundan farqli ölaroq, ikki tomonlama taklifnomalar istisno hollarda şartnoma asosida taqdim etiladi.
2025 yil sentabrda Xalqaro paralimpiya qömitasi Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan keyin töxtatib qöyilgan Rossiya va Belarus milliy qömitalari a’zoligini tikladi. Rasman bu qaror allaqaçon uşbu mamlakatlar sportçilariga Italiyadagi öyinlarda milliy bayroqlar ostida qatnaşiş imkonini bergan edi. Ammo yakuniy ruxsat xalqaro sport federatsiyalarining qarorlariga boğliq bölgan.
Dekabr oyida Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya va Belarus sportçilarining Xalqaro çanği sporti va snoubord federatsiyasi (FIS) ularni xalqaro musobaqalarga qöymaslik qaroridan bergan şikoyatlarini qisman qanoatlantirdi. Natijada paralimpiyaçi sportçilar FIS musobaqalarida neytral maqomsiz va milliy ramzlar bilan qatnaşiş huquqini oldi.
Şundan keyin RF va Belarus paralimpiyaçilari tanaffusdan söng ilk bor xalqaro musobaqalarda öz mamlakatlari bayroqlari ostida iştirok etdi. Bu — yanvar oyida Germaniyaning Finsterau şahrida bölib ötgan imkoniyati çeklangan sportçilar uçun çanği böyiça Jahon kubogi bosqiçi edi. Germaniya nogironlar sport ittifoqi (DBS) bu haqda şunday bayonot berdi: «Biz CAS qarorini qabul qilişga majburmiz, biroq u bizning axloqiy-etik tamoyillarimizga, sport qadriyatlarimizga zid va bizningça qabul qilib bölmaydigan qaror, ayniqsa Ukrainadan kelgan iştirokçilar uçun».












