Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda haydovchini chalg‘itib, avtomashinasini haydab qochishdi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida shu yil 4 oktabr kuni 58-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi U.T. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasiga noma'lum shaxs Yangiobod mahallasi hududida yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Juma shahar Bo‘ston mahallasi hududiga yetib kelganlarida noma'lum shaxs haydovchiga shu yerdan “Sabina” ismli tanishini chaqirib berishini so‘ragan va u avtomashinadan tushgan vaqtida noma'lum shaxs avtomashinani haydab qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina 6 oktabr kuni Samarqand shahar Narpay ko‘chasidan texnik soz holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Past Darg‘om tumanida yashovchi muqaddam sudlangan I.Ya. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026