Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston noyabr oyida XMTga a'zo bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot (XMT) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
XMT tomonidan – janubiy-sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha XMT mintaqaviy direktori Argentina Sabadosh (delegatsiya rahbari), Markaziy Osiyodagi XMT mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Deyan Keserovich, mintaqaviy direktor yordamchisi Syuzan Arnold ishtirok etdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida 2018 yil noyabr Jyeneva shahrida o‘tkaziladigan XMT kengashi majlisida ma'qullanishi nazarda tutilayotgan O‘zbekiston Respublikasining XMTga a'zo bo‘lishi muhokama qilindi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida XMT loyihalarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda submintaqaviy markaz sifatida faoliyat yuritadigan XMTning kamida ikkita vakolatxonasi (to‘la huquqli ofislari)ni O‘zbekistonda (Toshkent va Termiz shaharlarida) tashkil etish, “Ishga marhamat” monomarkazi negizida Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatida kamida ikkita Yevropa mamlakatlariga ketish oldidan mehnat migrantlarini ko‘niktirish markazini tashkil etish va kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlashda XMTning ishtirok etishi tilga olindi.
Bundan tashqari, O‘zbekistondan Polshaga uyushgan mehnat migratsiyasini kengaytirishga to‘siq bo‘layotgan masalalar (kirish uchun ishchi vizalarini taqdim etish)ni hal qilish, Chexiya va Slovakiya, shuningdek, Kanada, Avstraliya va Skandinaviya davlatlariga mehnat migratsiyasi yo‘llarini rivojlantirishda XMT ko‘maklashuvi haqida ham so‘z bordi.
XMT vakillariga uyushgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish, xorij davlatlaridagi O‘zbekistondan borgan migrantlar ijtimoiy-mehnat huquqlari muhofazasini ta'minlash bo‘yicha vazirlik tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, shuningdek, O‘zbekistonning XMTga a'zo bo‘lishi bilan bog‘liq tayyorgarlik chora-tadbirlari haqida ma'lumot berildi.
A.Sabadosh mamlakat prezidenti qaroriga muvofiq, vazirlik huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi mintaqa uchun noyob ekanligini alohida ta'kidladi. Bundan tashqari, A.Sabadosh mehnat migrantlari xavfsizligini ta'minlash va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilot tomonidan to‘plangan boy tajribani O‘zbekistonda keng qo‘llashga va'da berdi.
Mavzuga oid
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026