Jahon | 11:15 / 09.10.2018
19407
1 daqiqa o‘qiladi

Eron nefti mojarosi. Hindiston AQSh sanksiyalari tahdidiga javob qaytardi

Foto: Depositphotos

Hindiston neft vaziri Dxarmendra Pradxanning ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh sanksiyalariga qaramasdan Erondan neft sotib olishni davom ettiradi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston o‘z davlati «ehtiyojlarini qondirishi kerak».

Neft vazirining umid bildirishicha, jahon yetakchilari «Hindistonning bunday qarorini qabul qilishadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i Bipin Ravat mamlakat Rossiyadan qurol sotib olishi sababli AQSh o‘ziga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin ekanidan yaxshi xabardorligini bildirgandi.

Uning ta'kidlashicha, Hindiston «mustaqil siyosat olib boradi».

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid