Jahon | 19:22 / 09.10.2018
18781
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik erkak boshiga 5 santimetrli mix kirib qolganini sezmay yurgan

Xitoyning Xubey viloyatidagi sement zavodida ishlovchi 43 yoshli erkak boshida mix topildi. Erkakni bir hafta bosh og‘rig‘i qiynab kelgan. Erkak shifokorga murojaat qilganda, unga kompyuter tomografiyasi tayinlangan.

Natijalar ko‘pni ko‘rgan shifokorlarni ham, bemorning o‘zini ham hayratlantirgan: erkakning boshida 48 millimetrli mix borligi aniqlangan. E'tiborlisi, erkakning qolgan hayotiy ko‘rsatkichlari, misol uchun, qon bosimi me'yorda bo‘lgan.

Erkak mix boshiga qanday kirib qolgani sababini bila olmagan.

“Mix boshimga qanday kirib qolganidan mutlaq bexabarman. Men zavodda videokuzatuv kameralariga qarayman va ishim mixlar bilan hech qanaqasiga bog‘lanmagan”, deb hayron bo‘lmoqda erkak. 

Ta'kidlanishicha, erkakning boshidagi mix jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.

Mavzuga oid