Sport | 09:13 / 09.10.2018
8552
1 daqiqa o‘qiladi

Muxlislar tashrifi bo‘yicha dunyoning peshqadam klublari ma'lum qilindi

Germaniyaning Tansfermarkt portali muxlislar tashrifining o‘rtacha miqdori bo‘yicha yetakchi klublar reytingini tuzib chiqdi.

1-o‘rinni Dortmundning «Borussiya» klubi egalladi. «Qovog‘arilar»ning har bir bahsiga o‘rtacha 76 906 tomoshabin tashrif buyurmoqda.

2-o‘rinda Myunxenning «Bavariya» (74 000) klubi, 3-o‘rinda «Manchester Yunayted» (71 107) klubi bormoqda.

Rossiyaning «Zenit» klubi reytingda 19-o‘rinni egallab turibdi. Uning o‘yinlariga o‘rtacha 48 981 tomoshabin tashrif buyurmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid