Sport | 11:27 / 09.10.2018
10037
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» qishda Azarni, yozda Neymarni sotib olmoqchi

Foto: Getty Images

«Real» klubi navbatdagi ikki transfer oynasi vaqtida yirik xaridlarga qo‘l urishni rejalashtirmoqda.

Yevropa matbuotida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, madridliklar qishda «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar transferini hal qilib, yozda «PSJ»dan hujumchi Neymarni sotib olishni mo‘ljallamoqda.

«Real» belgiyalik xavbekni shu yil yozda ham sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo London klubi 200 million yevro atrofida narx so‘ragani bois bu amalga oshmay qolgandi. Azar bilan shartnoma 2020 yil yozida nihoyasiga yetadi.

Neymarga kelsak, u «PSJ»ga kelganidan buyon 41 o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol muallifi bo‘ldi – bunday mahsuldorlik so‘nggi vaqtlarda gollar taqchilligiga duch kelayotgan «qirollik klubi»ning e'tiborini tortmay qolmayapti.

Mavzuga oid