Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S-400 tizimlarining mashhurligi sababi tushuntirildi
Foto: Sergei Karpukhin/Reuters
Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari yuqori texnologik qurol bo‘lib, uning imkoniyatlari boshqa davlatlarni o‘ziga jalb qiladi. Bunday fikrni dunyo muammolarini o‘rganuvchi Stokholm instituti mutaxassisi Simon Vezemanga iqtibos keltirgan holda “Al-Jazira” telekanali ma'lum qildi.
Mutaxassisning aytishicha, S-400 dunyodagi eng ilg‘or havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlaridan biri sanaladi.
“S-400’ning radiolokatsion stansiyasi va boshqa kuzatuv qurilmalari katta masofada amal qiladi. Tizimning radarlari 600 kmgacha masofadagi nishonni aniqlay oladi, raketalarining uchish uzoqligi 400 kmgacha yetadi. Majmualar aniq ishlaydi, ular bir vaqtning o‘zida katta miqdordagi ehtimoliy nishonlarni, jumladan “stels” texnologiyasini qo‘llovchi obektlarni kuzata oladi”, deb aytgan mutaxassis.
Vezemanning qo‘shimcha qilishicha, ushbu tizimlar yuqori mobillikka ega. Ular bir necha daqiqa ichida birdaniga uchta operatsiyani amalga oshirishga qodir: yoyish, otish va boshqa joyga ko‘chish.
Ushbu majmualarni sotib olishga shartnomalarni Xitoy, Hindiston va Turkiya imzolagan. Bu qurolni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar Saudiya Arabistoni bilan olib borilmoqda.
Vezemanning ta'kidlashicha, AQSh bilan munosabatlar yomonlashishi xavfiga qaramay, bu davlatlar Rossiya tizimlarini sotib olishdan voz kechmoqchi emas. Jumladan, Turkiya uchun S-400 “faxrlanish loyihasiga” aylangan.
“Bu holat Turkiya AQSh oldida bo‘yin egmasligi, u o‘ziga xo‘jayinligini hamda AQSh va NATOga chaqiriq tashlay olishini ko‘rsatadi”, deb o‘z fikrlarini xulosalagan mutaxassis.
Mavzuga oid
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
20:06 / 26.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi nazorat o‘yinida Xitoy bilan durangga erishdi
09:35 / 26.01.2026
Xitoyda nufuzli generallarga qarshi tergov boshlandi
08:42 / 26.01.2026