Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimi dalada paxta terdi
2018 yil hosili uchun Sirdaryo viloyatida ham paxta xomashyosi yetishtirilgan bo‘lib, uni nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga barcha kuch va vositalar safarbar etilgan, deb xabar qilmoqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, bugun Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev paxta yig‘im-terimi mavsumida ishtirok etayotgan hasharchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona viloyatidan kelgan hasharchilar bilan dalada paxta tergan.
Viloyat hokimi hasharchilar bilan suhbatda bo‘lib, ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirgani aytiladi.
Viloyatimizda so‘nggi ikki kunda ob-havoning biroz noqulay kelishi paxta xomashyosini terib olishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Ayni shu pallada viloyat hokimi tashabbuskorlik ko‘rsatib, terimchilar holidan xabar olish hamda namuna bo‘lish maqsadida paxta terimida ishtirok etib, paxtakorlarning ko‘nglini ko‘tardi, deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
08:07 / 15.04.2026