Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy sotuvi bahonasida 64 mln so‘mga «uxlatgan» shaxs ushlandi
Foto: Fotolia
2018 yil 8 oktabr kuni Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi G‘.X. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda 2017 yil 25 aprel kuni uning tanishi U.Q. (ismli ayol) o‘zining So‘g‘diyona maskanida joylashgan xonadonini sotmoqchi ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 64 mln. 117 ming so‘m pulini olib, shu kungacha uyining hujjatlarini ham, olgan pullarini ham bermay kelayotganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida U.Q. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026
Mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalar uchun yangi qoidalar joriy etildi
12:00 / 21.01.2026