O‘zbekiston | 20:40 / 09.10.2018
4759
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon banki va XVJ yig‘ilishida ishtirok etadi

Foto: dailyreckoning.com

O‘zbekiston delegatsiyasi 10-15 oktabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan Jahon banki guruhlari va Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchilari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Delegatsiya, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi respublika bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.Xolmurodov, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, rahbar va mutaxassislaridan tashkil topgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki O‘zbekistonda mamlakatning investitsion va turistik salohiyatini oshirish, shuningdek, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan, o‘rta shaharlarni integratsiyalashgan rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid