O‘zbekiston Tojikiston bilan chegarani minalardan tozalashga kirishdi
Bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining Panjikent va Samarqand shaharlari yo‘nalishida minalardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Tojikistonlik mutaxassislar o‘zbek sapyorlariga chegarani minalardan tozalashda yordam berishmoqda, deb xabar qildi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi boshlig‘i, podpolkovnik Muhammad Ulug‘xo‘jayev «AP»ga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarani minalardan tozalashdan avval Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari, Mudofaa vazirligi va Milliy mina markazi vakillari kiritilgan, ikki mamlakat hukumatlarining qo‘shma guruhi Toshkent tomonidan taqdim etilgan chegaraning minalardan tozalangan uchastkalari xaritasi bilan tanishdilar.
Shu bilan birga, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining qaysi uchastkalariga minalar qo‘yilgani va ularning umumiy maydoni qanday ekani haqidagi ma'lumot maxfiyligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga ilk davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari 2019 yil oxirigacha umumiy chegarani minalardan tozalash bo‘yicha ishlarni yakunlash to‘g‘risida kelishib oldilar.
O‘tgan asrning 90-yillarida O‘zbekiston Tojikiston bilan chegaraning tog‘li qismlariga minalar joylashtirdi. O‘shanda rasmiy Toshkent bunday harakatlarni O‘zbekiston Islomiy harakati jangarilarining mamlakat hududiga kirishiga to‘sqinlik qilish bilan izohlagandi.
Tojikiston Milliy mina markazi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yigirma yil mobaynida respublikaning 374 nafar fuqarosi piyodalarga qarshi minalar portlashi oqibatida halok bo‘ldi, yana 485 nafar tojikistonlik jarohat oldi: fojialar nafaqat Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida, balki respublika ichida ham yuz bergan.
Minalardan tozalash vaqtida 20 kishi tan jarohati oldi, tojikistonlik ikki nafar sapyor halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:57 / 20.11.2024
AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:33 / 06.11.2024