O‘zbekiston | 12:37 / 10.10.2018
14045
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumat ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritiladi 

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida farmon loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish kiritiladi. 

Ular: 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2006 yil 24 iyuldagi PQ–424-son qaroriga 1-ilova «GAK «Uzbekenergo» bo‘limining birinchi xatboshisi rus tilidagi matnidan «– predsedatel pravleniya AO «Uzbekneftegaz» so‘zlari chiqarib tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 12 apreldagi PQ–2884-son qaroriga 3-ilovaning birinchi xatboshisi rus tilidagi matnidan «– predsedatel pravleniya AO «Uzbekneftegaz» so‘zlari chiqarib tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 18 maydagi PQ–2972-son qaroriga 3-ilovaning birinchi xatboshisi rus tilidagi matnidan «– predsedatel pravleniya AO «Uzbekneftegaz» so‘zlari chiqarib tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 2018 yil 23 fevraldagi PQ–3560-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) 1-ilovaning «Zamestitel Premer ministra – predsedatel pravleniya AO «Uzbekneftegaz» blokidagi «– predsedatel pravleniya AO «Uzbekneftegaz» so‘zlari chiqarib tashlanadi;

b) 2-ilovaning o‘n yettinchi xatboshisidan «– predsedatelya pravleniya AO «Uzbekneftegaz» so‘zlari chiqarib tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida»gi 2018 yil 20 iyuldagi PQ–3875-son qaroriga 2-ilovaning ikkinchi xatboshisidan va 3-ilovaning birinchi xatboshisidan «– «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi» so‘zlari chiqarib tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018 yil 24 iyuldagi PQ–3880-son qarori 6-bandining sakkizinchi xatboshisidan «– «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvining raisi» so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid