Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda AKFA xususiy universiteti tashkil etiladi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahrida Akfa xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Universitetni tashkil etish tashabbusini Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda “Akfa Medline” MChJ bildirdi.
Universitet iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda funtamental, aniq, tibbiyot va gumanitar fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Loyihaga ko‘ra, universitet oliy ta'lim muassasasi – O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxs maqomiga ega rezidenti bo‘ladi. Jumladan, universitet mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.
Ta'kidlanishicha, o‘quv-metodik boshqaruv va ta'lim jarayonini olib borish universitet tomonidan yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta'minlanadi.
Ta'lim berish O‘zbekiston davlat talablari va ta'lim standartlari hisobga olingan holda, xorijiy ta'lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ingliz tilida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga universitet tomonidan belgilangan namunadagi oliy ta'lim haqidagi diplom beriladi.
Universitetda ta'lim kunduzgi ta'lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitet faoliyati ta'sischilar hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiruvchi talabalar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Toshkent shahri hokimiyatiga universitet balansiga Shayxontohur tibbiyot kolleji binosini berish topshiriladi.
2022 yil 1 yanvargacha universitet barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Mavzuga oid
18:00 / 27.06.2023
Markaziy Osiyoda ta’limning yangi davri: AKFA universiteti Central Asian University (CAU)ga o‘zgartirildi
16:50 / 16.06.2023
AKFA universitetida grant olish imkoniyatlari: muvaffaqiyatli ta’lim uchun moliyaviy yordam
20:00 / 21.04.2021
AKFA Universiteti Times Higher Education Impact Ranking reytingiga kirdi
12:00 / 11.03.2021