Jahon | 20:01 / 11.10.2018
7678
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyadagi pentxaus rekord darajadagi narxga sotildi

Foto: John Stillwell/PA

Developer Nik Kendi Londondagi One Hyde Park majmuasidagi pentxausni 160 mln funt sterlingga (210 mln dollar) sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bitim qiymati Buyuk Britaniya uchun rekord qiymat bo‘lgan. Developer pentxausni o‘zining ofshor kompaniyalariga sotgan.

Kendi One Hyde Park majmuasini ukasi bilan birga qurib, ikki qavatli pentxausga majmua foydalanishga topshirilgan vaqtdan beri egalik qilib kelgan. Kvartira binodagi oxirgi ikki qavatni egallagan. 

Britaniya ko‘chmas mulk bozoridagi avvalgi rekord qiymatdagi bitim rossiyalik milliarder Andrey Borodinga tegishli. U 2011 yilda 3 qavatli binoni 140 mln funt sterlingga sotib olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid