Jahon | 21:36 / 11.10.2018
4644
2 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan dunyoda 56 jurnalist o‘ldirildi

Foto: Getty Images

2018 yilning 9 oyi ichida dunyoda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq holda 56 jurnalist o‘ldirildi. Bu haqda 11 oktabrda “Chegara bilmas muxbirlar” o‘z saytida ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2017 yildagidan yuqoriroqdir: butun 2017 yil davomida dunyo bo‘yicha 55 jurnalist o‘ldirilgan. 

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan jurnalistlarning yarmidan ko‘pi harbiy ixtiloflar hududlarida o‘lganlar. Eng ko‘p jurnalist Afg‘onistonda (13 kishi), Yamanda (5 kishi), AQShda (6 kishi) va Meksikada (6 kishi) o‘ldirilgan. 

Tashkilot bosh kotibi Kristof Deluarning ma'lum qilishicha, ushbu statistika jurnalistlarni himoya qilish bo‘yicha keskin choralar qabul qilinishi lozimligini ko‘rsatadi. Shu sababli Deluar bu masala bilan shug‘ullanadigan, BMT bosh kotibining maxsus vakili lavozimini ta'sis etishga chaqirgan. Uning aytishicha, bu tashabbusni ko‘plab davlatlar va 100 dan ortiq OAV, tashkilot va jurnalistlar ittifoqi qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Mavzuga oid