IIV «Lasetti» uch qizni urib ketgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida “Lasetti” rusumli avtomashina haydovchisi uch qizni urib yuborgani haqidagi videolavha tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, shu yilning 9 oktabr kuni soat 21.30da Samarqand shahar Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘'jiza” bazmgohi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi Q.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi Panjakent ko‘chasi tomondan Dahbed ko‘chasi tomonga boshqarib borayotib, avtomashina yo‘nalishi bilan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan uch qizni urib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan, Samarqand Davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabalari 1994 yilda tug‘ilgan U.X., 1996 yilda tug‘ilgan U.I., 1996 yilda tug‘ilgan U.O. turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar.
Qayd etilishicha, hozirda ularning salomatliklarni tiklash yuzasidan tibbiy muolajalar amalga oshirilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
16:11 / 17.11.2024