Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning Janubiy Koreyadagi elchisi boshqa davlatdan siyosiy boshpana so‘radi
Qirg‘izistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Qilichbek Sulton o‘z davlati hukumatiga ishonchsizlik bildirib, boshqa davlatlarning biridan siyosiy boshpana berilishini so‘ragan. Bu haqda Qirg‘izistonning “24” axborot agentligi ma'lum qildi.
Elchining ijtimoiy tarmoqlardan birida yozishicha, u ayni vaqtda oilasi bilan Janubiy Koreyada qolmoqda, biroq siyosiy boshpana so‘ragan. “Menda na hokimiyatga, na prezidentga bir tomchi ishonch bor, men Qirg‘izistondagi bunday hokimiyatni tan olmayman. Biz prokuratura ham, milliy xavfsizlik qo‘mitasi ham hokimiyat qo‘lida ekanligini bilamiz, men Qirg‘izistonga qaytmayman”, deb aytgan Sulton. U qaysi davlatdan boshpana so‘raganini aytishdan bosh tortgan.
24 sentabrda Sulton Bishkekdagi matbuot anjumanda chiqish qilib, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi rahbariyatini ko‘plab qoidabuzarliklarda ayblagan. Sultonning ta'kidlashicha, u Malayziyada elchi bo‘lib ishlaganda, elchixonada qonunbuzarliklar va korrupsiya holatlarini aniqlagan. O‘shanda diplomat ushbu qonunbuzarliklar haqida hukumatga ma'lum qilgan, tekshiruv o‘tkazilgan, biroq jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. Keyinroq Sulton tekshiruvlar davom ettirilishini talab qilib, prezident bilan uchrashishga uringan. “Korrupsiyaga aloqador odamlar hali ham tashqi ishlar vazirligida ishlashmoqda”, deb aytgan Sulton.
Ushbu mojaro ortida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev 12 oktabrda iste'foga chiqishga qaror qilgan, uning iste'fosi prezident tomonidan qabul qilingan. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sultonni Janubiy Koreyadagi elchi lavozimidan ozod etish haqidagi farmonni imzolagan. Sultonning o‘z lavozimidan ozod etilishi sabablari keltirilmagan, biroq avvalroq uning o‘zi iste'foga chiqishini so‘raganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026