Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ichida 28 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yo‘l chetiga ag‘darildi
Illyustrativ foto
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 11 oktabr kuni Buxoro tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusini salonida jami 28 nafar yo‘lovchilari bilan “Jizzax-Do‘stlik-Gagarin” yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.
Natijada 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:01 / 04.03.2026
Jizzaxda xususiy bog‘cha rahbari bolaga behayo video ko‘rsatib, buzuq harakatlar qildi. Tergov organi uni ochiqda qoldirgan
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026