Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga qizlarni sotish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi
Illyustrativ foto
Navoiy viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi zanjir fosh etildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Mazkur zanjirning halqasi D. G. Turkiyadagi Dilnoza ismli tanishi bilan jinoiy til biriktirib, Navoiy viloyatidan qiz va juvonlarni Istanbul shahriga jo‘natib turgan. Chunonchi D.G. viloyatning Xatirchi tumani “Qoracha” MFY yashovchi 1988 yil tug‘ilgan X.Ch. hamda Navoiy shahrilik 1991 yil tug‘ilgan Yu. R.ni Turkiyadagi tanishi Dilnozadan olgan aviachipta bilan Toshkent Xalqaro aeroporti orqali jo‘natmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan D.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Fuqaro D.G. 2016 yil O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, 2017 yil jazoning o‘tolmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Bag‘rikenglikdan tegishli xulosa chiqarmagan D.G. endi o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lishi uchun yetarli muddatni olishi aniq“, - deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov.
Mavzuga oid
18:56
Turkiyada o‘ldirib ketilgan Dilafro‘z Cho‘lliyevaning jasadi vatanga qaytarildi
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
18:22 / 08.03.2026