O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokara o‘tkazdi
2018 yilning 8-12 oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston – Qozog‘iston muzokaralarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegara chizig‘i ayrim uchastkalarini demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlarning loyihalari tayyorlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida 2019 yilda bajarilishi rejalashtirilayotgan dala demarkatsiya ishlari ko‘lami ham muhokama qilindi.
Hukumat delegatsiyalarining keyingi uchrashuvini joriy yilning noyabr oyida Qozog‘iston hududida o‘tkazish belgilangan.
Mavzuga oid
09:40
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024