Jahon | 09:40 / 14.10.2018
6491
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida sodir etilgan teraktlar oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AFP

Somalining janubi-g‘arbida joylashgan Baydabo shahrida sodir etilgan 2 ta portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi xabar qildi. 

Ma'lum qilinishicha, birinchi portlash shaharning markaziy ko‘chasi yaqinidagi restoranda sodir etilgan. Bu portlashda 7 kishi halok bo‘lgan. Kafeda sodir etilgan ikkinchi portlash oqibatida 9 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Portlashlarni terrorchi-xudkushlar amalga oshirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid