Jamiyat | 10:06 / 15.10.2018
14815
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada bosqinchilik qilgan ayol qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 13 oktabr kuni “Rapqon” MFYda yashovchi A.U. (ayol) shu MFY Yuqori mahallasida yashovchi D.M. (ayol)ning uyiga kirib, uni yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.

So‘ng uyidan 2 turdagi zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.U. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid