Iroqda ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 111 ming kishiga yetdi
Iroqning Basra viloyatida ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 111 ming kishiga yetdi. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining Basra shahridagi ofisi direktori Mahdi at-Tamimiyga iqtibos keltirgan holda Al-Sumaria telekanali ma'lum qildi.
Avvalroq 27 ming kishi zaharlangani ma'lum qilingan. At-Tamimiyning aytishicha, komissariat markaziy va mahalliy hokimiyatdan bu masala bo‘yicha aniq va jiddiy pozitsiyani talab qilmoqda.
Basrada 8 iyulda suv va elektr ta'minotidagi uzilishlarga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib, boshqa shaharlarga ham ko‘chgan. Vaziyat Iroqning janubiy viloyatlarida havo harorati 50 darajagacha yetgani sababli yanada murakkablashgan.
Hukumat namoyishchilarning talablarini bajarish uchun maxsus komissiya tuzgani va Basra aholisiga ichimlik suvi quvurlari va elektr ta'minotini tiklashga 2 mlrd dinor (17 mln dollar) ajratishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
23:04 / 02.10.2024